Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2021 yil 25 may kuni soat 21:00 larda fuqaro S.S. Nişon tumani Nuriston mahallasida yaşovçi taniş ayolning uyiga borgan. Şu kuni keç soat 03:30 da ikki nafar şaxs ayolning xonadoniga bostirib kirgan. Ularning biri özini «Ma’ruf bloger» deb taniştirib, S.S.ni urib, telefoni bilan tasvirga tuşirgan.
Şundan söng «Ma’ruf bloger» S.S.ga videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarga çiqarib yuborib şarmanda qilişini aytib, undan 2 million söm pul talab qilgan. S.S. holat yuzasidan IIBga murojaat qilgan.
Murojaat yuzasidan 2021 yil 29 may kuni ötkazilgan tadbirda fuqaro R.M. S.S.dan talab qilingan 2 million sömdan 1 millionini olgan vaqtda uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan Nişon IIB tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
2021 yil 17 noyabr kuni, Jinoyat işlari böyiça Dehqonobod tuman sudi tomonidan R.M. Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamaçilik) va 139-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan (tuhmat) jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Dastlabki sud jarayoni va tayinlangan jazoga e’tiroz bildirgan sudlanuvçi R.M. belgilangan muddatda yuqori instansiyaga şikoyat qilgan. Sudlanuvçining mazkur şikoyat arizasini 2022 yil 7 yanvar kunidan boşlab Qaşqadaryo viloyat sudi jinoyat sudlov hay’ati tomonidan körib çiqiş boşlangan.
Yaqinda sud mazkur iş böyiça hukm e’lon qilgan. Unga köra sudlanuvçi R.M.ga nisbatan birinçi sud majlisida çiqarilgan hukm öz kuçida qoldirilgan.

















