“Tashabbusli budjet”da ovoz berish 1 aprelgacha uzaytirildi
Fuqarolar ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar yechimi uchun pul ajratilishini so‘rab joylashtirilgan jamoaviy takliflarga 1 aprelga qadar ovoz berishlari mumkin. Moliya vazirligi sayt faoliyatida kuzatilgan nosozliklar tufayli ovoz berish jarayonini uzaytirdi. Takliflarga ovoz berish 5 martdan boshlangan.
Fuqarolarning “Ochiq budjet” portalida qoldirilgan takliflariga ovoz berish jarayoni uzaytirildi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
“Fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Ochiq budjet” portali orqali kiritilgan tashabbuslarga ovoz berish jarayoni muddatini sayt faoliyatida kuzatilgan nosozliklarni bartaraf etish uchun ketgan vaqtga mutanosib ravishda 1 aprel kuniga qadar uzaytirilishini ma’lum qilamiz. Sizda o‘z tashabbusingizni qo‘llab-quvvatlash va ko‘proq ovoz to‘plash imkoniyati mavjud”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Ovoz berish jarayoni 5 martdan boshlangan. “Tashabbusli budjet”ning ikkinchi – ovoz berish bosqichi 20 kun davom etishi belgilangan va avvalroq muddat 25 martgacha deb e’lon qilingandi.
“Tashabbusli budjet”da taklif qoldirish 2022 yilning fevral oyidan boshlangandi. Bu bosqichda “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun yo‘naltirilgan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar bo‘yicha umumiy 69 700 ta tashabbus kelib tushgan.
Eng ko‘p takliflar ichki yo‘llarni ta’mirlash (17268), umumta’lim maktablari (10140) va maktabgacha ta’lim (3633) sohalariga oid. Eng faol hududlar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:16 / 07.08.2023
Birinchi yarim yillikdagi davlat budjeti defitsiti 29 trln so‘mdan oshib ketgan
16:40 / 05.08.2023
Qiynalayotgan budjet, g‘alati xususiylashtirish va IMVda rokirovka - iqtisodiy taymlayn
15:20 / 31.07.2023
Budjet taqchilligining cheklangan miqdori keskin oshirilishi mumkin
20:30 / 08.06.2023