Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov 10 mart kungi matbuot anjumanida davlat xaridlaridagi manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş böyiça belgilangan çoralar ijrosi haqidagi savolga javob berdi.
“Umuman, qarorda körgan bölsangiz, agentlikka manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygan bölsa, taqdimnoma kiritib, töxtatib turiş yoki sudga da’vo ariza kiritiş vakolati berildi.
Endi, töxtatib turiş böyiça ham 300 dan ortiq taqdimnoma kiritganmiz va ularning barçasi bekor qilingan. Lekin bu – “ruçnoy” rejim. Aytganimday, biz öşa masofaviy tanlab olyapmiz-da, [manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgan holatlarni] aniqlayapmiz. Lekin tezroq bu tizimga ötişimiz kerak. Ya’ni talabgor buyurtmaçi bilan örtasida manfaatlar töqnaşuvi mavjud bölganda, davlat xaridlarida yoki tenderlarda avtomatik ravişda qatnaşa olmasligi kerak.
Bu tizim ustida Moliya vazirligi Boş prokuratura, Hisob palatasi agentlik bilan hamkorlikda işlayapti. Agar bu tizimi işga tuşsa, taqdimnoma kiritişga hojat bölmaydi. Tizim ustida işlanyapti, buning birinçi ijroçisi Moliya vazirligi hisoblanadi”, – deya Akmal Burhonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Burhonovning qayd etişiça, davlat xaridlari sohasida 2021 yilda ötkazilgan masofaviy monitoringda budjet buyurtmaçilari tomonidan qiymati 145,3 mlrd sömlik 452 ta tanlovda “Davlat xaridlari töğrisida”gi va “Raqobat töğrisida”gi qonunlarning talablari buzilişiga yöl qöyilgani aniqlangan. Bu holatlarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va şart-şaroitlarni bartaraf qilişga qaratilgan 372 ta taqdimnoma kiritilgan va va tanlovlar bekor qilingan.
Eslatib ötamiz, 2021 yil 7 iyulda prezidentning aksilkorrupsion qaror va farmoni imzolangan edi.
Qarorda, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgan holda tuzilgan şartnomalarni haqiqiy emas deb topişga oid qonun loyihasini işlab çiqiş belgilangan (muddat – 2021 yil oktyabrgaça; mas’ul – Adliya vazirligi). Farmonda esa Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq har qanday holatlar aniqlanganda, şartnoma, buyruq va boşqa hujjatning amal qilişini töxtatib turiş töğrisida taqdimnoma yoki uni haqiqiy emas deb topiş böyiça sudga da’vo kiritiş vakolati berilgan.











