Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining Xorazm viloyati Hazorasp tumanida bölib ötgan sayyor majlisida viloyatda korrupsiyaga qarşi kuraşiş natijadorligi va mavjud muammolar tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Yiğilişga Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva rahbarlik qildi.
Ma’lum qilinişiça, Xorazm viloyatida 2025 yilda 2024 yilga nisbatan korrupsiyaviy jinoyatlar soni 34 foizga kamaygan. Biroq, örganişlar davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bölgan ayrim yönalişlarda korrupsiya omillarini bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlar ijrosi hanuz yetarli darajada ta’minlanmayotgani aniqlangan.

Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov axborot berdi. Uning ma’lum qilişiça, 2025 yilda viloyatda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygani hamda davlat xizmatida tadbirkorlik bilan şuğullanişga oid çeklovlar böyiça qonunçilik talablariga amal qilmagani uçun 12 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Şu bilan birga, viloyat, tuman va şahar hokimliklarida ötkazilgan örganişlar natijasida 60 ga yaqin boşqaruv xodimlarining tadbirkorlik sub’yektlarida ta’sisçi yoki rahbar sifatidagi faoliyati saqlanib qolayotgani ma’lum böldi. Majlisda bu holat korrupsiya xavfini kuçaytiruvçi omil sifatida baholanib, masala yuzasidan tegişli tuşuntirişlar tinglandi.

Yiğilişda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça vazifalarni amalga oşirişda tizimli kamçiliklarga yöl qöygan 10 nafardan ortiq mas’ul rahbarga nisbatan qat’iy çoralar köriş böyiça milliy kengaşga taklif kiritilgani ham ma’lum qilindi.
Şuningdek, majlisda Hazorasp tumanini «Korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantirişga qaratilgan alohida amaliy çora-tadbirlar belgilanib, muhokama yakunida mas’ullar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi va ularning bajarilişi ustidan nazorat örnatildi.




















