Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim issiqxona xo‘jaliklariga gaz uchun oshirilgan stavkada to‘lov qo‘llash tartibi bekor qilinadi
Prezidentning “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Hududgazta’minot”, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan joylarda o‘rganilgan ma’lumotlarga asosan issiqxona xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlarni uzluksiz yetishtirish hamda qishloq joylarida aholi bandligini ta’minlash va ularning daromad olishiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan quyidagi takliflari ma’qullanadi:
- davlat dasturlari doirasida hamda davlat qarzi evaziga jalb qilingan resurslar, shuningdek, tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan issiqxona xo‘jaliklari uchun ajratiladigan kreditlarni qaytarish muddatini 15 yilgacha qilib belgilash hamda bugungi kunga qadar issiqxona xo‘jaliklari uchun ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatini tegishlicha 15 yilgacha uzaytirish, bunda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan taqdim qilingan kafillik va kompensatsiya majburiyatlari muddatini mos ravishda uzaytirish;
- xorijiy valutada ajratilgan kreditlarni milliy valutada qayta rasmiylashtirish hamda amaldagi kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalari mavjud bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan qoplash berish;
- xorijiy moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan issiqxona qurish uchun milliy valutada imtiyozli foizlarda kredit ajratish mexanizmini joriy etish;
- aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun (hosilni yetishtirish bilan bog‘liq xarajatlar – urug‘lik, ko‘chat, isitish, o‘g‘it, kimyoviy vositalar, issiqxona materiallari uchun) revolver kreditlar ajratish;
- issiqxona xo‘jaliklarining soliq va majburiy to‘lovlardan, tabiiy gaz hamda elektr energiyasi iste’molidan hosil bo‘lgan muddati o‘tgan qarzdorliklari to‘lash muddatini istisno tariqasida 3 yil muddatga uzaytirish.
Energetika vazirligi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi eksport shartnomasiga ega bo‘lgan issiqxona xo‘jaliklariga istisno tariqasida:
- issiqxona xo‘jaliklari tomonidan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘sib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq to‘lash, shuningdek, shartnomaga nisbatan ortiqcha olingan tabiiy gaz uchun oshirilgan stavkada to‘lov qo‘llash tartibini, jumladan, issiqxona xo‘jaliklari uchun shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lovni undirish tartibini bekor qilish choralarini ko‘radi;
- tabiiy gaz hamda issiqlik ta’minoti yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnoma qiymatining 30 foizini oldindan, qolgan 70 foizini mahsulot pishgandan keyin 90 kun davomida to‘lab berish tartibini joriy qiladi;
- tabiiy gaz hamda issiqlik ta’minoti uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun hisoblanadigan penya miqdorining amaldagi 0,4 foizdan 0,1 foizga tushirilishi, shuningdek, 2021 yil 31 dekabr holatiga hisoblangan penya summalarini hisobdan chiqarilishini ta’minlaydi;
- hududlardagi issiqlik elektr stansiyalari va markazlari tomonidan issiqxona xo‘jaliklariga to‘g‘ridan to‘g‘ri issiqlik energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish ishlarini tashkil qiladi;
- issiqxonalarda tabiiy gaz bilan ta’minlashni kafolatlash maqsadida “Hududgazta’minot” tomonidan issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha 5 yil muddatga shartnomalar tuzishni ta’minlaydi;
- Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bilan birgalikda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha tuziladigan shartnomalar namunasini har ikki tomon manfaatlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqadi.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026