Butun dunyoda bo‘lgani kabi AQShda ham qalbaki pullar hamda cheklar yasalgan va muomalaga kiritilgan. Shu sababli huquqni himoya qilish organlari ularni yasab muomalaga kirituvchilarga qarshi jiddiy kurash olib boradi. Kimdir bu ishni oson pul topish uchun qilsa, kimdir yoshlik qilib shu jinoyatga qo‘l uradi. Kichik Frenk Abigneyl ham ulardan biri edi.

Foto: alamy.com

Frenk Abigneyl ilk qalbaki cheklarni yasaganida 16 yoshda bo‘lgan. O‘z iqtidorini jinoiy ishlarga sarflab yurgan Frenk qamalib chiqqach, avvaliga FQBga qimmatli qog‘ozlarni qalbakilashtirayotgan shaxslarni aniqlashda yordam beradi. So‘ng banklar bilan hamkorlik qilib kirim qilinayotgan pullar va cheklar orasidan qalbakilarini aniqlashda yordam beradi. Keyinchalik himoya qatlamiga ega qog‘oz chiqarishni yo‘lga qo‘yib millioner bo‘lib ketadi.

Kichik Frenk Abigneyl

1970-yillarda FQB xodimlariga AQShning turli shaharlarida qalbaki cheklar tarqatilayotgani haqida ma’lumot kelib tushadi. Tekshirib ko‘rilganda qalbaki cheklar ustalik bilan yasalgani ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng FQB xodimlari jinoyatchini qidira boshlaydi. Oradan biroz o‘tib u 16 yoshli Frenk Abigneyl ekani ma’lum bo‘ladi va uning ortiga tushishadi. Ammo yigit ancha vaqt tutqich bermaydi.

Kichik Frenk Abigneyl 1948 yilda Nyu-York shtatidagi Bronksvill shaharchasida tadbirkor Frenk Abigneyl va Polett Abigneyl oilasida tug‘iladi. U 16 yoshga kirganda ota-onasi ajrashib ketishadi va Frenk otasi bilan birga qoladi. Ana shu paytda Frenk nazoratsiz qoladi va firibgarlik ko‘chasiga kiradi.

Foto: fb.ru

Uning ilk «qurboni» otasi bo‘ladi. Ayni balog‘at yoshida Frenk ko‘cha sang‘iy boshlaydi va bu uchun unga pul kerak edi. U mashinasiga yonilg‘i quyish uchun otasining kredit kartasini so‘rab oladi. So‘ng AYoQSh xodimlari bilan til biriktiradi. Ular kredit kartadan har safar keragidan ko‘proq pul yechib olishadi va ma’lum haq evaziga oshiqcha yechib olingan pulni Frenkga berishadi.

Kartadan yechib olingan oshiqcha pul miqdori 3 400 dollarga yetganda bankdan Frenkning otasiga xabarnoma keladi va u o‘g‘lining firibi haqida bilib qoladi. Ungacha kelgan xabarnomalarni esa Frenk otasiga ko‘rsatmasdan yo‘q qilib yuboradi.

Qalbaki cheklar yasash