O‘zbekiston | 07:50 / 12.03.2022
2394
2 daqiqa o‘qiladi

OTB ishtirokida tadbirkorlikni rivojlantirish loyihasi amalga oshiriladi

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasining «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

2021 yil 20 dekabrda OTB hamda O‘zbekiston o‘rtasida «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida:

  • 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga 80 mln AQSh dollari miqdorida;
  • 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga 213,58 mlrd so‘m miqdoridagi qarzlarni O‘zbekistonga ajratish bo‘yicha qarz bitimlari imzolangan.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali;
  • Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik va o‘rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida milliy valuta ekvivalentida ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • loyiha doirasida OTB mablag‘lari O‘zbekiston respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi;
  • Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
  • OTB tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha barcha to‘lovlar O‘zbekiston respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid