Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij Putin bilan o‘tkazilgan «og‘ir muzokaralar»dan so‘ng YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishini ma’lum qildi
Telefon orqali muloqot chog‘ida Makron va Shols Putinni yana bir bor «zudlik bilan o‘t ochishni» va Mariupolni «qamal qilishni» to‘xtatishga chaqirgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar «juda ochiq va og‘ir» o‘tdi, deb xabar berdi BFMTV telekanali Yelisey saroyiga asoslanib.
Xabarda aytilishicha, Rossiya tomonining Ukraina harbiylari gumanitar huquqlarni buzayotgani to‘g‘risidagi so‘zlari haqiqatga mos kelmaydi.
Telekanalning ma’lumot berishicha, Makron va Shols Putinni yana bir bor «zudlik bilan o‘t ochishni» va Mariupolni «qamal qilishni» to‘xtatishga chaqirgan.
Shuningdek, Rossiya harbiy operatsiyani to‘xtatish «niyati yo‘qligini bildirgani» sababli Yevroittifoq «yaqin soatlarda» qo‘shimcha sanksiyalar kiritishi ma’lum qilingan.
12 mart kuni Putin Makron va Shols bilan telefon orqali muloqot qildi.
Mavzuga oid
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
10:27 / 27.06.2026