Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» Ronalduning het-trigi evaziga «Tottenhem»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi
Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha jahon rekordini yangiladi.
Angliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Tottenhem»ni qabul qilib, gollarga boy quvlashmachoqda Ronalduning het-trigi evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
«MYu» ochkolarini 50taga yetkazib, 4-o‘ringa chiqib oldi, ammo 5-pog‘onadagi «Arsenal» zaxirasida 4ta bahs bor. 2ta o‘yin kam o‘tkazgan «Tottenhem» 45 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
Ronaldu faoliyatidagi to‘plarini 807taga yetkazib, rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha avstriyalik Yozef Bisanga (805) qarashli jahon rekordini yangiladi. Krishtianu faoliyati davomida «Sporting», «Real» va «Yuventus» klublarida ham o‘ynagan.
APL. 29-tur
Manchester Yunayted — Tottenhem 3:2
12 mart, «Old Trafford»
Gollar: Ronaldu (12, 38, 81) — Keyn (35, penalti), Maguayr (72, avtogol).
Manchester Yunayted — De Xea, Dalot, Maguayr, Varan, Telles, Matich (Kavani, 80), Fred, Pogba, Sancho, Reshford (Elanga, 68), Ronaldu (Lindelyof, 83).
Tottenhem — Loris, Doerti, Dayyer, Romero, Devis (Bergveyn, 87), Regilon, Hyoyberg, Bentankur (Uinks, 87), Kulusevski (Moura, 78), Keyn, Son.
Ogohlantirishlar: Dayyer (30), Fred (35), Pogba (85).
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026