Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tanishining Gentra’sini olib qochib, YTH sodir etgan turkmanistonlik yigitga hukm o‘qildi
Jabrlanuvchi sudda ayblanuvchining qo‘lida ishlashi, unga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, sud tomonidan u 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Foto: Videodan kadr
Transport vositasini olib qochishda ayblanayotgan shaxs 1999 yilda tug‘ilgan Turkmaniston fuqarosi bo‘lib, u jabrlanuvchi bilan birga ishlagan. Ular uch kishi bo‘lib 2021 yil 15 noyabr kuni Shayxontohur tumani Gulbozor mahallasida joylashgan Chorsu bozoriga kelishgan.
Ikki kishi xarid qilish uchun bozorga tushib ketgan vaqtda ayblanuvchi qora rangli Gentra rusumli avtomashinada qolgan. U sheriklari bozordan chiqishini kutib o‘tirmay kaliti bilan qoldirilgan transport vositasini olib qochib ketgan va Yunusobod tumani hududidagi HYATT mehmonxonasi oldida beton simyog‘ochga urilib, YTH sodir qilgan.
Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida ko‘rib chiqilgan. Sudda jabrlanuvchi gumondorning qo‘lida ishlashi, unga da’vosi yo‘qligini aytgan.
“15 noyabr kuni soat uchlar atrofida Chorsu go‘sht bozoriga uch kishi keldik. Rulda men edim, mashina onamlarning nomida edi. Men somsapazimiz bilan birga go‘sht olish uchun bozorga kirib ketdim, sherigimiz esa mashinada qoldi. Go‘sht olib chiqsak mashina yo‘q ekan, uni Maqsad haydab ketib qolibdi. 15 minutlardan keyin YPX xodimlari qo‘ng‘iroq qilib, menga tegishli avtomobil “avariya”ga uchraganini aytishdi. Hattoki mashina yo‘qolgani haqida IIBga murojaat qilishga ulgurmadim. Mashinada qolgan sherigimizga qo‘ng‘iroq qilsam, telefoni o‘chirilgan ekan. YPX xodimlarining qo‘ng‘irog‘idan so‘ng voqea joyiga yetib bordim”, deydi jabrlanuvchi.
Sudda ayblanuvchi avtomashinani o‘g‘irlash niyati bo‘lmagani, uni shunchaki haydab ko‘rmoqchi bo‘lganini aytgan.
“15 noyabr kuni Chorsu go‘sht bozoriga keldik. Akamlar go‘sht olishga bozorga kirib ketishdi. Mashinada bir o‘zim qoldim. Kalit mashinada qolgandi. Ozgina qo‘shiq eshitib mashinada aylangim keldi.
O‘sha paytda yomg‘ir yog‘ayotgani sababli boshqaruvni yo‘qotib mashinani urib oldim. Shundan keyin nima bo‘lganini bilmayman.
Ishdan chiqayotgan paytimiz bir bokal pivo ichgandim. Spirtli ichimlik ichib mashina haydash mumkinmasligini bilardim. Lekin shunday bo‘lib qoldi. Qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi ayblanuvchi.
Jabrlanuvchi sudda ayblanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, sud tomonidan u 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi
Jahon | 22:00
-
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
Mavzuga oid

21:19
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi

18:22 / 15.07.2025
Toshkent shahar hokimligi O‘rikzor bozori yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

21:42 / 14.07.2025