Asalarichilar uyushmasi a’zolariga alohida imtiyozlar berilishi mumkin. SSP bunga qarshiligini bildirdi
O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi a’zolariga muayyan miqdorda davlat byutjyetidan subsidiyalar ajratilishi mumkin. Savdo-sanoat palatasi bu borada jamoatchilik ekspertizasi xulosasini taqdim etdi.

Foto: AP
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada asalarichilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish va asalarichilik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Savdo-sanoat palatasi.
Loyihaning 1-bandi 4-xatboshiga ko‘ra, “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi a’zolariga har yili asalari qishlovi davrida (oktyabr-aprel) ozuqa sotib olish uchun har bir asalari oilasiga bazaviy hisoblashning 30 foizi miqdorida davlat budjetidan subsidiya ajratish belgilangan.
Bunda, faqatgina “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi a’zolariga davlat budjetidan subsidiya ajratish shaklidagi preferensiyalarni berish nazarda tutilgan.
Ammo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 maydagi “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (keyingi o‘rinlarda imtiyozlar deb yuritiladi) qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun beriladi, shuningdek, aniq maqsadga ega bo‘lishi hamda aniq ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy natijalarga erishishni ta’minlashi zarur” deb belgilangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, loyihada nazarda tutilgan subsidiyani sohadagi barcha tadbirkorlik sub’yektlariga ajratishni nazarda tutish lozim.
Avvalroq, Savdo-sanoat palatasi Davlat soliq qo‘mitasining “qizil”ga tushgan tadbirkorlarning birja savdolaridagi ishtirokini cheklashga oid qaror loyihasiga ham qarshi pozitsiya bildirgandi. Savdo-sanoat palatasi buni tadbirkorni bitta xato uchun qayta-qayta jazolash deb baholagandi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze
Sport | 20:01
-
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi
Jamiyat | 19:55
-
Moskvada OMON migrantlarga kuch ishlatdi. O‘zbekiston TIV va Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

22:20 / 11.02.2025
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi faoliyati tiklanishi mumkin

16:21 / 24.01.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi mumkin

16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:30 / 27.11.2024