Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Farzandini o‘qituvchilarga yuklab qo‘yayotgan ota-onalar bor” – o‘qituvchilar ota-onalar haqida qanday fikrda?
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab mavzusi ko‘tarilganda ota-onalar, jamoatchilik va o‘qituvchilar haqida o‘z fikrlarini bildiradi. Xalq ta’limi vazirligi respublikaning turli hududlaridagi maktablarda bo‘lib, o‘qituvchilarning ota-onalar haqidagi fikrlarini o‘rgandi.

Fotokollaj: Kun.uz
O‘qituvchilarning fikricha, ota-onalar o‘rtasida bolasiga vaqt ajrata olmayotganlari ham bor. Moddiy ta’minotni birinchi o‘ringa qo‘yib, bolalari tarbiyasi bilan ishlamayotgan insonlar ham uchraydi.
“Voy ustoz, hech gapimga kirmayapti. O‘zingiz gaplashib qo‘ying”, deb bolasini o‘qituvchiga yuklab qo‘yadigan ota-onalar ham bor”, deydi bir o‘qituvchi.
Savolga javob bergan ustozlardan birining fikricha, o‘zi kuzatgan ota-onalarning 10 foizi bolalari bilan haqiqatan qiziqadi. Qolgan 70-80 foiz odam esa bolasiga bee’tibor kayfiyatda. Ya’ni bir o‘qituvchi esa aksar ota-onalar bolalari bilan ishlashini, faqat orada bee’tibor ota-onalar ham uchrashini bildirgan.
“Maktabdagi hayot qanaqa, o‘qishi qanaqa deb ta’lim muassasasiga biror marta kelmagan ota-onalar ham bor”, deydi ustozlardan biri.
Ustozlar ota-onalarga tavsiya qilishadi:
- Bolalar psixologiyasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘qituvchi bilan birga kuzatishsa, natija yaxshi bo‘ladi;
- Darslarga kelib qatnashib ko‘rishsa, o‘zlari uchun ham yangi narsalar olishlari mumkin;
- Bolalarini doimo nazorat qilib turishsin;
- Farzand hayotida ota-onalarning roli juda katta. Buni tushunishlari kerak;
- O‘qituvchiga nisbatan do‘stona bo‘lishsin;
- Ota-ona ustozni hurmat qilsa, farzandi ham shunday munosabatda bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi

09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti

17:10 / 02.05.2025