Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda «E-ekspertiza» tizimi joriy etiladi
Foto: Getty Images/ William Whitehurst
Prezidentning “E-ekspertiza” idoralararo elektron axborot tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “O‘zbekistonda sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligi barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan “E-ekspertiza” elektron axborot tizimi ishga tushirilishi belgilangan.
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning 2022 yil 1 iyuldan Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida, Oliy sudda hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro viloyati va Toshkent shahridagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda (ekspertiza tayinlovchi organ) “E-ekspertiza” elektron axborot tizimini eksperiment tariqasida joriy etish, shuningdek, “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi bilan integratsiya qilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish haqidagi taklifi ma’qullanadi.
Adliya vazirligi Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda eksperiment natijalari asosida 2023 yil 1 yanvarga qadar ushbu tizimni respublikaning barcha hududlarida tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
a) 2022 yil 1 iyuldan boshlab eksperiment o‘tkazilayotgan idora va tashkilotlar doirasida:
markaz tomonidan qabul qilingan ish materiallarini qayd etish, ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish, ekspert xulosasi (mutaxassis fikri)ni shakllantirish va so‘rov yuborgan organ (shaxs)ga taqdim qilish, faoliyati yuzasidan ma’lumotlar hamda ekspertiza harakatlarini amalga oshirishda axborot hamkorligi “E-ekspertiza” idoralararo elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
markaz tomonidan “E-ekspertiza” idoralararo axborot tizimini chetlab o‘tgan holda xulosalar tayyorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ish materiallari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish bundan mustasno;
b) 2023 yil 1 apreldan boshlab markaz tomonidan sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish, sud ekspertlarining reyestrini yuritish hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslar (shu jumladan, advokatlar)ning Markazga ekspertiza tadqiqotlariga ehtiyojlari yuzasidan so‘rov yuborish imkonini beruvchi hamda boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga jamlagan “E-ekspertiza” tizimi doirasida “Sud-expert” portali ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Dubay amirining qarindoshi 50 mln yevro evaziga tutqunlikdan ozod qilindi
Jahon | 21:18 / 04.11.2025
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zangiotada “opiy”ning yirik miqdordagi partiyasi ashyoviy dalil sifatida olindi
Jamiyat | 14:21
-
AQShda hukumat “shatdauni” 36 kunga yetdi - tarixiy rekord
Jahon | 14:17
-
Tramp yadroviy sinovlarni qayta boshlash niyatini tasdiqladi
Jahon | 13:57
-
Namangan, Samarqand, Urgut - aholi soni bo‘yicha birinchi uchlik
O‘zbekiston | 13:30
Mavzuga oid
13:59 / 01.11.2025
Ayrim ma’muriy huquqbuzarlikni ko‘rib chiqish sudlardan Ijtimoiy inspeksiyaga o‘tkaziladi
08:56 / 30.10.2025
Soxta migratsiya hujjatlari ishi: Voronejda 7 o‘zbekistonlik sud oldida javob beradi
16:31 / 22.10.2025
«Mubashshir Ahmad sud hukmi ustidan shikoyat bermaslikka qaror qildi» – advokat
12:12 / 21.10.2025