«Nuroniylarni har tomonlama qöllab– quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» prezident qarori imzolandi.

Hujjatda nuroniylarning jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaş, ularni ijtimoiy himoyalaş böyiça ezgu maqsadlarda qator örinli çoralar belgilab berilgan.

Biroq xodimning pensiya yoşiga tölgani munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat şartnomasini iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qiliş tartibini taqiqlaş töğrisidagi taklifi (bu taklif Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan çiqqan) aholi örtasida turliça kutib olindi.

Kimlardir bu taklifni yoqlamoqda, kimlardir qarşi çiqmoqda va har ikki tomonda öz fikrlarini asoslovçi dalillar bor.

Qarşilar öz fikrini qanday dalillantirmoqda?

Özbekistonda har yili yuz minglab yoşlar maktab, kollej va oliygohlarni bitirib, mehnat bozoriga kirib keladi. Korxona va taşkilotlarda örta yoşlilar va yoşlar şu yerda işlayotgan keksa xodimlar soğ-salomat pensiya yoşiga yetişi va qarilik gaştini surişini sörab yurişadi. Albatta, iş örniga köz tikib.

Iş örinlari muammo, yoşlar umidsizlik va işsizlikdan xorijiy davlatlarga iş axtarib çiqib ketayotgan bir davrda taqiqni joriy etuvçi bu taklif qay darajada özini oqlaydi, uning iqtisodiy tomonlari tahlil qilib körilganmi?

Statistikaga e’tibor bersak, har yili mehnat bozoriga 600-700 ming nafar yoşlar kirib kelişadi. Özbekistonda pensiya oluvçilar soni 2020 yil yakuni bilan 3 mln 824 ming nafar bölgan. Birgina 2020 yilda ularning soni 147,2 ming (4 foiz)ga oşgani inobatga olinsa, bugungi kunda pensionerlarning soni 4 millionga yaqinlaşgan. Şu tendensiya bilan hisoblab körilsa 2021 yilda ham pensionerlar soni taxminan 150 ming nafarga köpaygan böladi.

Mehnat bozoriga kirib kelayotganlar va pensiya yoşiga yetganlar orasidagi farq 4–5 barobar. Ya’ni, pensiya yoşiga yetganlar işdan böşaşi tufayli mehnat bozorida paydo bölişi mumkin bölgan yangi iş örinlari 20–25 foizni taşkil etişi mumkindek.