Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda guvohnomasiz boshqarilgan Nexia beton to‘siqqa chiqib ketib, ag‘darildi
Namangan shahrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro boshqaruvidagi Nexia beton to‘siqqa chiqib ketishi natijasida ag‘darildi. Avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi o‘ng yuz yumshoq to‘qimasi lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 19 mart kuni soat 01:30 larda, Namangan shahar G‘irvonsoy ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro boshqaruvidagi Nexia rusumli avtoulovni tegishli xujjatlarsiz Davlatobod – Toshbuloq yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa chiqib ketishi natijasida ag‘darilgan.
YTH oqibatida avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi o‘ng yuz yumshoq to‘qimasi lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida Nexia avtomashinasi Isuzu avtobusi bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026