Jahon | 19:01 / 21.03.2022
13061
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Hindistonga neft va gaz uchun to‘lovni rupiyada amalga oshirishni taklif qildi

Qayd etilishicha, Eron yana Hindistonga eng ko‘p neft yetkazib beruvchi mamlakatlardan biriga aylanmoqchi.

Foto: Reuters

Eron Hindistonga neft va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni hind rupiyasida amalga oshirishni taklif qildi. Bu haqda The Economic Times gazetasi xabar berdi.

"Eron Hindiston bilan energetika xavfsizligi sohasida hamkorlik qilishga hamda neft va gazni hind rupiyasiga sotishga tayyor", - deya Eronning Hindistondagi elchisi Ali Chegeniydan iqtibos keltiradi nashr.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron yana Hindistonga eng ko‘p neft yetkazib beruvchi mamlakatlardan biriga aylanmoqchi.

"Hindiston bilan barcha savdolarning rupiyada amalga oshirilishi mamlakatlarimizga uchinchi tomon vositachiligidan qutulish va savdo aylanmasini 30 mlrd dollargacha yetkazish imkonini beradi", - dedi diplomat.

Eron Vashington Tehron bilan yadroviy kelishuvdan chiqqanidan va Eronga qarshi sanksiyalar kiritganidan so‘ng Hindistonga neft yetkazib berishni to‘xtatgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid