Eron Rossiya uchun iqtisodiy yo‘lak vazifasini bajarishi mumkinligi aytildi
Oxirgi 11 oyda Erondan Rossiyaga eksport hajmi 20, import hajmi 52 foizga o‘sdi. Bu haqda Eron bojxona boshqarmasi vakili Ruhulla Latifiyga tayanib “Onado‘lu” agentligi xabar berdi.
O‘tgan yili Rosssiyaga eksport hajmi 447 mln 763 ming dollarni tashkil etgandi, dedi Latifiy.
«So‘nggi 11 oyda eksport hajmi 20 foizga o‘sib, 539 mln 393 ming dollarga yetdi, import hajmi esa 52 foizga o‘sib, 1 mlrd 451 mln 206 ming dollarni tashkil etdi», - dedi u.
Latifiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya xalqaro sanksiyalarga qarshi kurashda Eron tajribasidan foydalanishi mumkin.
Uning bildirishicha, Eron Rossiya uchun iqtisodiy yo‘lak vazifasini bajarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Nournews saytining xabariga ko‘ra, o‘tgan haftada Eron Rossiyadan 20 million tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Mavzuga oid
11:54
Britaniya RFga qurol yetkazib bergani uchun Eronga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024