O‘zbekiston | 09:49 / 23.03.2022
1449
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada IIB xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida mast holda profilaktika inspektoriga tan jarohati yetkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17 mart kuni So‘x tumani Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi inspektorlari M.G‘. va T.I.lar YPX inspektori G.M. bilan birgalikda “Ravon” MFY hududida haydovchi N.S boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasini to‘xtatishgan.

Mast holatda bo‘lgan haydovchi profilaktika inspektorlari T.I. va M.G‘.ni haqorat qilib, ulardan biriga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda mast holdagi 6 nafar fuqaro IIB xodimlarini urib, tan jarohatlari yetkazishgani haqida xabar berilgan edi.

Сарвар Зияев
Tayyorlagan Сарвар Зияев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid