Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha prezidenti samolyoti xavfli qo‘nishni amalga oshirdi
AQSh prezidenti Jo Bayden bilan Jyeshuv shahrida uchrashish uchun havoga ko‘tarilgan Polsha prezidenti Anjyey Dudaning samolyoti Varshavada halokatli qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Polsha prezidenti devonxonasi vakili Yakub Kumox ma’lum qildi.
Foto: PAP
"Prezident Duda o‘tirgan samolyot halokatli qo‘nishni amalga oshirdi", - deya Kumoxning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Polsha matbuot agentligi.
"Polsha va AQSh prezidentlarining Jyeshuvga tashrif dasturiga ozgina o‘zgartirish kiritiladi. Prezident Anjyey Duda Jyeshuvga yetib kelganidan so‘ng prezident Jo Baydenni kutib olish marosimi o‘tkaziladi", - degan u.
Polsha televideniyesining ma’lumot berishicha, Duda zaxira samolyotda Varshavadan uchib ketgan.
Bayden o‘z samolyotida Dudaning yetib kelishini kutmoqda.
AQSh prezidentining Yevropaga tashrifi doirasida YeI mamlakatlarining Rossiya gazi va neftidan mustaqil bo‘lishlari masalasi muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
08:51 / 17.01.2026
Polsha to‘rt ukrain va bir rossiyalikni diversiyalarda aybladi
18:37 / 15.01.2026
O‘zbekistonlik yuk tashuvchilar uchun Polsha chegarasida alohida yo‘lak ochish rejalashtirilmoqda
15:39 / 12.01.2026
Polsha O‘zbekistonda savdo nuqtalari ochishni rejalashtirmoqda
11:38 / 31.12.2025