Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari koalitsiyasi husiylarga qarshi harbiy operatsiya boshladi
Operatsiya "global energiya manbalarini himoya qilish va yetkazib berish zanjirini ta’minlashga" qaratilgan.
Yamandagi isyonchi husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumidan so‘ng Ar-Riyod boshchiligidagi arab mamlakatlari koalitsiyasi husiylarga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi.
"Harbiy operatsiya maqsadga erishilmaguniga qadar davom etadi", - deyiladi koalitsiya bayonotida.
Qayd etilishicha, operatsiya "global energiya manbalarini himoya qilish va yetkazib berish zanjirini ta’minlashga" qaratilgan.
Koalitsiya fuqarolarni Yamandagi neft obektlari yoki Xudayda port shahridagi obektlarga yaqinlashmaslikka chaqirgan.
25 mart kuni husiylar Saudiya Arabistonidagi bir nechta obektlarga hujum qildi. Jiddadagi Aramco neft kompaniyasi obektiga qilingan hujum oqibatida katta yong‘in kelib chiqdi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026