Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasida harbiy holat joriy etildi
Harbiy holat davrida yig‘ilishlar o‘tkazish huquqi cheklanadi, ish tashlashlar va tashkilotlar faoliyati to‘xtashiga olib keluvchi boshqa tadbirlar taqiqlanadi.
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasida harbiy holat e’lon qilindi, deb xabar berdi RIA.
"Arsax (Qorabog‘ning nomlanishi – tahr.) respublikasi prezidenti Araik Arutyunyan respublika hududida e’lon qilingan harbiy holat sharoitida huquq va erkinliklarning vaqtinchalik cheklanishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi", - deyiladi Tog‘li Qorabog‘ respublikasi axborot markazi xabarida.
Farmonga muvofiq, yig‘ilishlar o‘tkazish huquqi cheklanadi, ish tashlashlar va tashkilotlar faoliyati to‘xtashiga olib keluvchi boshqa tadbirlar taqiqlanadi.
Bundan tashqari, "Arsax respublikasi mudofaa salohiyati va xavfsizligiga qarshi qaratilgan targ‘ibot bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlar faoliyati to‘xtatiladi".
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi mudofaa vazirligining xabar qilishicha, “24 mart kuni Ozarboyjon qurolli kuchlari bo‘linmalari Rossiya tinchlikparvar kuchlari javobgar bo‘lgan hududga bostirib kirgan”.
O‘z navbatida, Ozarboyjon mudofaa vazirligi Ozarboyjon Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘ini buzgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:41 / 17.04.2024
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ni tark etishni boshladi
00:24 / 03.11.2023
Ozarboyjon o‘z qo‘shinlarini Armaniston chegarasidan olib ketdi
22:05 / 17.10.2023
Ozarboyjon prezidenti Qorabog‘ mojarosi mavzusi abadiy yopilganini aytdi
23:05 / 04.10.2023