Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Bir qator viloyatlarning tog‘li tumanlarida qor yog‘di
Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatining tog‘li tumanlarida yana qor yog‘gan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2022 yil 28–29 mart kunlari O‘zbekistonning bir qator viloyatlari tog‘li tumanlarida qor yog‘gan. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob, Yakkabog‘, Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin, Toshkent viloyatining Parkent, Angren, Ohangaron, Samarqand viloyatining Urgut, Nurobod tumanlarida qor tushgan.
Tekisliklarga tushayotgan qor qisqa muddatda erib ketayotgan bo‘lsa, tog‘li tumanlarda hamma yoq oppoq bo‘lgan. Ayniqsa, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz tumanlarining tog‘li qishloqlarida qor qalinligi 5–10 santimetrga yetgan.
Avvalroq 17–18 mart kunlari ham O‘zbekistondagi aksariyat tog‘li tumanlarda qor yog‘gan va ayrim qishloqlarda qor qalinligi 15–20 santimetrgacha yetgandi.
Mavzuga oid
20:33 / 12.02.2026
Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
11:40 / 11.02.2026
Kuchli shamol va sel Samarqandda talafot keltirib chiqardi
09:27 / 11.02.2026