Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayevning matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi
Ma’lumot berilishicha, Berik Uali "Xabar agentligi" AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangan.
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘z matbuot kotibi Berik Ualini lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Tengrinews.kz Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
"Davlat rahbarining farmoyishi bilan Uali Berik Qozog‘iston Respublikasi prezidenti matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi", - deyiladi xabarda.
"Xabar-24" telekanalining ma’lum qilishicha, Berik Uali "Xabar agentligi" AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangan.
Berik Uali 2019 yil martdan buyon prezident matbuot kotibi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
12:10 / 15.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi
10:37 / 15.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
20:58 / 14.05.2026