07:44 / 30.03.2022
7795

1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo majmuasi aniqlandi

Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo majmuasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Andijon hududiy bo‘limining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.M.M.” MChJ mas’ul shaxslari tomonidan MChJga qarashli “N.M.” savdo majmuasiga o‘rnatilgan onlayn elektron hisoblagichning himoya muhrlarini buzgan holda olib tashlab, o‘rniga texnik talablarga javob bermaydigan elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan o‘rnatgani natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Bundan tashqari, Andijon shahar ETK mas’ul shaxslari “N.M.” savdo majmuasiga yetkazib berilgan 1 kVt. soat elektr energiyasi uchun 1-tarif bo‘yicha to‘lov undirilishi lozim bo‘lsa-da, elektron hisob dasturiga 2-tarif bo‘yicha to‘lov amalga oshirilishi haqida ma’lumot kiritib, davlat va jamiyat manfaatlariga 491,4 mln so‘m zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top