Xöş, nega rubl mustahkamlanmoqda, bu jarayonning rus gazini rublga sotiş rejalariga aloqasi bormi? Iqtisodçi Otabek Bakirov öz Telegram-kanalida uşbu savollarga javob berdi.
“Avvalo aytiş lozimki, gazni rublga sotiş mexanizmi haligaça aniqlaşmagan, biron kub gaz rublga sotilgani yöq, bironta yirik Yevropa davlati gazni rublga sotib olişga rozilik ham bergani yöq. Ya’ni, gazni rublga sotiş xohişlari ğirt psixologik tryuk va kelişiş qiyin bölgan ultimatumligiça qoladi.
Ikkinçidan, 24 fevraldan keyin Rossiya Markaziy banki rublga talab hosil qiladigan barça xorijiy va norezident kanallarni yopib taşladi. Bu fond bozoriga taalluqlimi, foizlarmi yoki dividendlarmi, farqi yöq. Rossiyani tark etayotgan yoki tark etişini e’lon qilgan xorijiy kompaniyalar va norezidentlar Rossiyadagi aktivlarini olib çiqişi uçun uni dollarga aylantirişi kerak. Rossiya Markaziy banki bunga töliq tabu qöydi. Tabiiyki, rublga bölgan eng katta talabni yöqqa çiqardi.
Uçinçidan, Rossiya Markaziy banki Rossiya rezidentlari uçun ham xorijga valuta olib çiqişga, naqd valuta sotib olişga yoki ötkazişga çeklovlar örnatdi. Şu örinda Visa va Mastercard tizimlari Rossiyadagi segmentni öçiriş hisobiga ruslarning maqsadga erişişiga yordam berib yubordi. Boşqaça aytganda, Rossiya çakana rezidentlarining dollarga bölgan talabi ham öldirildi.
Törtinçidan, juda köplab ğarb kompaniyalari Rossiya bilan işlaşdan voz keçgandan keyin, qator taşuv korporatsiyalari Rossiya yuklarini manzilga eltişni töxtatgaç, rus importyorlari uçun xorijdan tovar keltirişga rağbati ham vaqtinça töxtadi. Çunki logistika muammolari va ehtimoliy yöqotişlar importni jismonan imkonsiz qilib qöyişi mumkin. Demak, importçilarning dollarga nisbatan talabi ham eng minimal darajagaça tuşirildi.
Beşinçidan, bozorda rubl likvidligi mavjud emas. Markaziy bankning qattiq siyosati tufayli sun’iy ravişda rubl defitsiti yaratilmoqda, xususan asosiy stavkani birdan 20%gaça olib çiqilişi bilan. Buni savdolar hajmidan ham biliş mumkin, kunlik savdolar hajmi 24 fevralgaça bölganidan karrasiga kamroq. Rubl taklifi yetarli bölmagaç, dollarning tuşişi uzoq kuttirmaydi.
Oltinçidan, eksportyorlar uçun 80%lik majburiy sotuv dollarga nisbatan sun’iy ravişda pasaytirilgan talab hajmini ortiği bilan qoplamoqda.












