Samarqandda 1 gektar yerni yarim million dollarga pullamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
Ular 1 gektar yerni 500 ming dollar evaziga hokimiyatda ishlaydigan tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni aytib, fuqarodan kelishilgan pulning yarmi – 250 ming dollarni olayotganda ushlangan.
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy yer savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlanganini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, Samarqand shahar hokimining 2021 yildagi qarori bilan Qorasuv massivida 16 qavatli turar joy binolarini qurish uchun MChJlardan biriga 1 gektar yer maydoni ajratilgan. Ajratilgan hududda hozirga qadar qurilish ishlari olib borilmagani uchun 2022 yil dekabr oyida yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan.
Bundan xabardor bo‘lgan 35 yoshli Ya.O., 44 yoshli A.N. va 54 yoshli A.K. mahalliy fuqaroga mazkur yer maydonini 500 ming dollar evaziga hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan kelishilgan pulning yarmi – 250 ming dollarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda yuqoridagi shaxslarga nisbatan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Nurobod tumanida 10 gektar yerni 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan MChJ rahbari ushlangandi.
Mavzuga oid
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
14:23 / 29.10.2024
Samarqandda savdo do‘koni yonib ketdi
19:09 / 28.10.2024