Jahon | 21:59 / 02.04.2022
34584
2 daqiqa o‘qiladi

«Qo‘shnilari bilan urush qiladigan mamlakatda yasholmayman»: «Yandeks» bosh direktori Rossiyani tark etdi

Bunina «harbiy operatsiya»ga qarshiligi sababli Isroildan Rossiyaga qaytishni rejalashtirmayotganini bildirgan.

Foto: Yandeks

«Yandeks» bosh direktori Yelena Bunina o‘z lavozimini tark etadi, kompaniyaga uning o‘rniga Artyom Savinovskiy vaqtinchalik rahbarlik qilib turadi.

The Bell Buninaning «Yandeks» ichki forumidagi xabariga asoslanib u Rossiyani fevral oxirlarida tark etganini yozdi. Buninaning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda «Yandeks»ning Isroildagi ofisida HR-direktor lavozimida ishlamoqda. 

Bunina Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishidan oldin Kiprga ta’tilni o‘tkazish uchun ketgani, so‘ngra Isroilga ko‘chib o‘tgani va «harbiy operatsiya»ga qarshiligi sababli Rossiyaga qaytishni rejalashtirmayotganini bildirgan.  

«Men qaytmayman: qo‘shnilari bilan urush qiladigan mamlakatda yasholmayman», – deb yozgan u.

Bunina 2011 yilda «Yandeks» HR-direktori etib tayinlangan, 2017 yilda esa bosh direktor bo‘lgandi. Ma’lumot berilishicha, u 15 apreldan bosh direktorlikdan rasman bo‘shaydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid