Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yuk mashinasi ag‘darildi
Boshqaruv yo‘qolishi oqibatida yuk avtomobili va tirkama ag‘darilgan. Bu haqda YHXX xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1 aprel kuni soat 15:00 larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan S.K. tirkama ulangan (tirkama ustiga «konteyner» ortilgan) «Kamaz» rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib yo‘lning 846-kilometriga yetgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuk avtomobili va tirkama ag‘darilgan.
Mazkur YTH natijasida haydovchi S.K.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, ayni jarayonlarda YTH sabab yuzaga kelgan tirbandlik bartaraf etilmoqda.
Avvalroq, Yangiyo‘lda avtobus yonib ketgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026