Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari auksion orqali ijaraga beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini auksion orqali ijaraga berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
- “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining “E-auksion” elektron savdo platformasi auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha operator hisoblanadi;
- o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining buyurtmasiga asosan auksion orqali amalga oshiriladi;
- o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha amaldagi shartnomalar 1 oktyabrgacha ijaraga beruvchi tomonidan auksionsiz ijaraga berilgan o‘rmon fondi yerlari hisobini yuritish axborot-billing tizimi dasturiga kiritiladi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan qayta rasmiylashtiriladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- tuzilgan shartnomalar O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng kuchga kiradi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi qaror talablaridan kelib chiqqan holda “ijara-urmon.uz” elektron maydonchasi va “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” bilan o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yadi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026