Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Rossiya va Ukrainaga eksporti hajmi keskin kamaydi
Mart oyida Turkiyaning Rossiyaga eksporti hajmi 40 foizga, Ukrainaga esa 80 foizga kamaygan.
Foto: Anadolu Agency
Rossiya-Ukraina urushi oqibatida Turkiyaning bu mamlakatlarga eksporti hajmi jiddiy ravishda kamaydi. Bu haqda Turkiya eksportchilar ittifoqi rahbari Ismoil Gulle ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi nizoning Turkiya eksportiga ta’siri bahorning ilk oyida bilindi.
Mart oyida Turkiyaning Rossiyaga eksporti hajmi 40 foizga, Ukrainaga esa 80 foizga kamaygan.
Uning ma’lumot berishicha, fevralda Rossiyaga eksport hajmi 435 mln 866 ming dollarni tashkil etgan, martda esa 252 mln 380 ming dollarga tushgan.
Ukrainaga eksport hajmi 41 mln 706 ming dollarga teng bo‘lgan, bir oy ilgari bu ko‘rsatkich 219 mln 833 ming dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
09:34 / 16.05.2026
Eron Rossiyaga uran topshirish bo‘yicha muzokaralarni tasdiqladi
08:43 / 16.05.2026
Putin Dnestrbo‘yi aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olishni yengillashtirdi
01:42 / 16.05.2026
“Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilmoqchi” - Zelenskiy
08:42 / 15.05.2026