Bola asrab oluvçilarning köpçiligi öziga töq insonlar yoki farzandsizlar böladi. Lekin men qizimni olib kelganimda ikki öğlim bor edi. Özimning uyim yöq, rözğorga ham qiynalgan kunlarimda bemor çaqaloqni qaramoğimga oldim. Hozir qizim suyançiğim mening, özining ham qizi bor, deya söz boşladi “Hayotiy hikoyalar” ruknining navbatdagi qahramoni.

Nega buni sözlab beryapman?

Hayotiy hikoyalarni öqirkanman, mening taqdirimdagi öziga xos jihat boşqalarga ibrat bölişi mumkin, deb öyladim. Sizga nafaqat qismatimni aytib beryapman, balki şu paytgaça özim va yaqinlarimdan boşqalar bilmaydigan, hatto qizimning özi ham bexabar sirni ham oçyapman.

Har bir inson hayotda qandaydir ezgulik qilişi, jasorat körsatişi kerak. Men balki boşqalar uçun kiçik, lekin özim uçun ulkan jasoratni qilganman. Balki inson taniqli yoki puli köp bölganida birovning bolasini boqib olişi osondir. Lekin men endigina 31 yoşga kirgan, özining uy-joyi bölmagan, hayotda mustahkam örnini topa olmagan paytim edi.

Kutilmagan uçraşuv

Hammasiga bitta turtki sabab bölgan va haligaça öşa turtkini hayotimning buriliş nuqtasi deb hisoblayman. Menda farzand asrab oliş niyati bölmagan. Endigina rözğori bölak bölgan, ijarada yaşayotgan kelin edim. Ikki öğlim bor edi.

Bir kuni dugonam bilan şunçaki tasodif tufayli “Gödaklar uyi”ga borib qoldik. Direktor bizni aylantirdi va xonalardan biridagi qizaloqni körsatdi. Onasi vafot etgan, otasi parvarişlay olişiga közi yetmay şu yerga topşirgan ekan. Endigina 4 oylik bölgan, oğir kasallikka çalingan qizaloqni körib, közim yoşlarga töldi.

Bu yerdan çiqqanimda qat’iy qarorga kelib bölgandim. Qarşiliklar, tuşunmovçiliklar böldi. Lekin yiğlab turib oldim. Xullas 2,5 kilo ham çiqmaydigan bir parça etni amallab uyimga olib keldim va parvarişlay boşladim.

Oyoqqa qöyiş

Qizimni davolatiş, tengdoşlariga yetkazib oliş, eng muhimi – bu sirni saqlab ulğaytirişdagi qiyinçiliklarni özim bilan Alloh biladi. Tilla taqinçoqlarimni sotib, bolaga yeguliklar olgandim. Uyimdagi oxirgi mebelni pullab, qizimni davolatiş uçun işlatganman. Çunki u 2 yoşigaça yurmagan, gapirmagan. Faqat boşini burib qaraş va emişni bilardi. Yaqinlarim bu qarordan hayron bölişar, ayrimlari çiday olmay ta’na ham qilişardi. “Bola asrab olarkansan, heç bölmasa soğlomini olsang bölmasmidi?!” deya oçiq aytganlari ham bölgan.