«Hayotiy hikoyalar» ruknidan berilayotgan navbatdagi hikoyamiz qahramoni közi ojiz otasidan orlanib oxirida afsuslanib qolgan yigit.

U maktubida otasining ölimiga aybdorligini, uning duosini olmaganidan afsusdaligini hikoya qiladi.

«Esimni taniganimda onam soğlom, otamning esa közi ojizligini bilganman. Avvaliga heç narsani öylamaganman.

Maktabga borganda esa... Yoş bola edik, gohida ayrim sinfdoşlar bilan nimanidir deb talaşardik, janjallaşardik. Bunday raqobatda köpinça men ğolib çiqardim.

Ana şunda ilk bor «körning bolasi» degan haqoratni eşitganman va bu menga yomon ta’sir qilgan.

«Körning bolasi» deganlarning bir-ikkitasini boplab döpposlaganimdan söng bu haqoratni oldimda aytmaydigan bölişdi. Biroq bilardim, orqavoratdan aytişardi.

Öşanda nafaqat şu sözlarni aytgan sinfdoşimdan, balki otamdan ham xafa bölganman.

Endi öylab körsam, inson qay holatda, kim bölib tuğilişni özi hal qilmaydi, bu ilohiy taqdir. Lekin öşa paytda menga buni heç kim, hatto ota-onam ham tuşuntirmagan edi. Balki tuşuntirişganda ham tuşunmasdim.

Har gal köçadan uyga kirib otamga közim tuşganda «Körning bolasi» degan haqoratli söz miyamda aylanardi va otamni yomon körib qolgandim.

Otam uylaniş uçun sovçi yuborganda onamning ota-ota onasi «Bolam, seni unga uzatiş heç narsamas, heç kim özi xohlab közi ojiz bölib tuğilmaydi. Biroq boşqa masala bizni öylantiryapti. Mabodo bolang ham közi ojiz tuğilsa nima böladi? Bir umr ikkita nogironni özing oq yuvib oq tarab, boqişga majbur bölasan», deyişgan ekan.

Şunda onam «peşonamdan köraman» deb javob bergan va otamga turmuşga çiqqan ekan. Çunki otam, közi ojiz bölsa ham özini özi eplay olardi. Buning ustiga közi ojizlar maktabida öqigan, savodi bor edi.

Özi öqigan maktabda hunar örgangan va öşaning orqasidan bir-ikki söm daromad ham qilib, rözğor tebratgan.

Men soğlom tuğilganimdan söng otam va onam xursand bölgan va meni juda erka qilib östirgan. Ana şu narsa mening tarbiyam buzilişiga va keyinçalik otamni yomon körib qolişimga sababçi böldi.

Yöq, bu bilan özimni oqlamoqçi emasman. Otam tilla odam edi. Biroq men tarbiyaning jilla qursa bir qismini uyda, ota-onamdan olgan edim.