Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarasini 11 apreldan ochadi
Chegaradan o‘tishda PZR-test manfiy chiqqani yoki koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatish talab qilinadi.
Qozog‘istonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani tufayli mamlakat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq joriy etilgan cheklovlar olib tashlanadi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 11 apreldan boshlab Qozog‘istonning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi chegara o‘tkazuv punktlarida fuqarolarning chegarani kesib o‘tishiga nisbatan kiritilgan cheklovlar olib tashlanadi.
Shuningdek, Qozog‘istonga aviaqatnovlar orqali kirishga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi.
Shu bilan birga, chegaradan o‘tishda PZR-test manfiy chiqqani yoki koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatish talabi saqlab qolinadi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
09:10 / 03.07.2026
Qozog‘istonda qiyin ahvolga tushgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
22:06 / 30.06.2026