Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi «zapravka»da toksik moddadan zaharlanib, hushini yo‘qotgan xodimlar qutqarildi
Kecha, 5 aprel kuni soat 19:20 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumani 19-daha, Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida 3 nafar ishchi xodim benzin saqlanayotgan sisternalar oralig‘ida hushsiz holda yotgani bo‘yicha xabar kelib tushgan.
FVV xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, hushsiz holda yotgan AYoQSh xodimlarini xavfli hududdan olib chiqqan. Ularga birinchi yordam ko‘rsatilgan, shuningdek malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan.
Qayd etilishicha, toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo‘limiga joylashtirilgan.
Voqea sababi o‘rganilganda, xodimlar AYoQSh hududi yer ostiga ko‘milgan 3 dona, har biri katta sig‘imli benzin yonilg‘isi saqlanayotgan sisternalar orasida yig‘ilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli konsentratsiyasidan hushlarini yo‘qotgani aniqlangan.
Voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshlig‘i rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajining 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman prokuraturasi, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
19:10 / 10.01.2026
Nestlé NAN xavotiri: bolalarda zaharlanish belgilari borligi aytilyapti
15:00 / 28.11.2025