Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Qirg‘iziston va Qozog‘istonga boradi
Uzra Zeya inson huquqlari bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhining birinchi uchrashuvida AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qiladi.
AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya 11-16 aprel kunlari Qirg‘iziston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
"Qozog‘istonda davlat kotibi o‘rinbosari Zeya AQSh va Qozog‘iston hamkorligini mustahkamlash hamda farovon va xavfsiz Markaziy Osiyoni bunyod etish masalalarini muhokama qilish uchun hukumatning yuqori darajadagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi", - deyiladi xabarda.
Zeya inson huquqlari bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhining birinchi uchrashuvida AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qiladi.
"So‘ngra davlat kotibi o‘rinbosari Zeya Bishkekka boradi. U bu yerda ikki tomonlama va global masalalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash hamda demokratik institutlar ahamiyatini muhokama qilish uchun hukumatning yuqori darajadagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi", - deya ma’lum qilgan davlat departamenti matbuot xizmati.