Pentagon: Kiyev va Chernigovda rus qo‘shinlari qolmadi
Rossiya armiyasi Ukrainaning Kiyev va Chernigov oblastlarini to‘liq tark etgan. Bu haqda jurnalistlarga Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qildi.
Ukraina Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda RF Qurolli kuchlarining bor e’tibori Ukraina sharqiga qaratilgan, ular Donetsk va Lugansk oblastlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishni maqsad qilishgan. Ukrainalik harbiylar ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Rossiya armiyasi Slobojanskoye, Donetsk, Yujnobujskoye va Tavr yo‘nalishlarida harakatlanmoqda.
O‘z navbatida ukrainalik harbiylar Xerson va Mariupol yo‘nalishlarida ilgarilamoqda, so‘nggi bir kunda Xerson oblastida Trudolyubovka, Dobryanka, Novovoznesenskoye va Osokorivka posyolkalari ozod etilgan.
Pentagon vakili so‘zlariga ko‘ra, RF prezidenti Vladimir Putin Ukrainada «o‘zining birorta strategik maqsadiga» erisha olmagan va faqatgina kichik aholi punktlarini nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lgan..
Kremldagilar qo‘shinlarning Kiyevdan olib ketilishini tinchlik muzokaralari uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan xayrixohlik harakati deb atagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha buyruqni shaxsan Vladimir Putin bergan.
Pentagon vakili kelgusida rossiyalik harbiylar Kiyevga qaytishi mumkinligini istisno etmagan. Kiyev va Chernigov oblastlari hududlaridan olib ketilgan harbiylar soni 24 mingdan ortiqqa baholanmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 30.10.2024
Pentagon: KXDRning oz sonli askarlari - RFning Kursk oblastida
13:10 / 25.10.2024
Pentagon rahbari Livan harbiylariga qilingan hujumdan xavotir bildirdi
09:01 / 22.10.2024
Pentagon rahbari Ukrainaga yetib keldi
14:41 / 19.10.2024