YPX xodimlarining videotasvirini internetda tarqatishni taqiqlash ko‘zda tutilgan hukumat qarori loyihasi muhokamasi 29 mart kuni yakunlangan edi. Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu hujjat jamoatchilikning tanqidiga uchradi.
Bu borada Kun.uz'ga intervyu bergan advokat Ruslan Sodiqov Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori loyihasi O‘zbekiston Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarga zid ekanini ta’kidlamoqda.

“YPX xodimlari va yo‘l harakati qatnashchilari o‘rtasida sir saqlanadigan narsa yo‘q”
Ruslan Sodiqov, advokat:
— Konstitutsiyaning 7-moddasida O‘zbekistonda davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilishi, 29-moddada esa har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekani belgilangan. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunda belgilanishicha, video ham material sifatida axborot hisoblanadi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi mamlakat hududida so‘zsiz tan olinadi. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunda qayd etilishicha, yuqori turuvchi qonunga boshqa hech qanday normativ huquqiy hujjat zid bo‘lishi mumkin emas.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda YPX xodimi bilan fuqaroning munosabati tenglik va oshkoralik prinsiplariga asoslanishi mustahkamlab qo‘yilgan. Jamoatchilik tanqidiga uchragan hukumat qarori loyihasi ushbu prinsiplarga ziddir. Bu nimada ko‘rinadi?
YPX xodimi fuqaroni bodikamerasi orqali tasvirga olishga haqli. Bu bir tomonlama dalil bo‘lib qo‘llanishi mumkinligini tasdiqlovchi holatlar amaliyotda afsuski, uchradi. Samarqandda soliqchi bilan ro‘y bergan voqeada bodikameraga yozib olingan ma’lumot qirqib, montaj qilinib tarqatilgani asosida jinoyat yashirilgan, so‘ngra sud davomida










