10 iyunga ötar keçasi 42 yaşar soliq xodimi Aziz Ahmedov özining Cobalt avtomobilida yöl harakati qoidalarini buzgani sababli patrul xizmati inspektorlari tomonidan töxtatilgan.

Özaro suhbat çoğida soliq xodimi va inspektorlar örtasida kelişmovçilik kelib çiqqan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda, inspektorlar özlariga tegişli Spark avtomobilining orqa örindiğiga ötqizişda fuqaroning yuz qismidan bosib, qisqa va tez ölim topişiga sabab bölişgani aytilmoqda.

Ekspertiza ölimga yurak ölçami va massasining keskin oşişi, ya'ni nafas qaytişi sabab bölganini bildirgan. Şuningdek, marhumning yuz va böyin qismlari, tirsak va boşqa sohalarda jarohatdan olingan şilinmalar borligi aniqlangan.

Boş prokuraturadan ma'lum qilişlariça, Kattaqörğon tumani prokuraturasi holat yuzasidan JKning 206-moddasi 1-qismi (Mansab vakolatidan çetga çiqiş) bilan jinoyat işi qözğatgan.

Voqeaga Içki işlar vazirligi izoh berib, YHX xodimining bodikamerasiga yozilgan videoni e'lon qildi.

IIVga köra, voqea 10 iyun tungi soat 00:50larda sodir bölgan.

«...Kattaqörğon tumani IIB YHXX xodimlari tumanning «Kadan» MFY hududidan ötuvçi 4R-243 avtomobil yölining Alişer Navoiy va Mustaqillik köçalari kesişmasida jamoat tartibini saqlaş böyiça tungi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, fuqaro A.A. boşqaruvidagi Cobalt svetoforning qizil çiroğidan töxtamasdan ötib, xodimlarning töxtaş işorasiga böysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib, yaşirinmoqçi bölgan.

«Hududdagi 4R-243 avtomobil yölining 7 kilometriga yetganida Cobalt yöl qatnov qismining örtasida töxtab, haydovçi avtotransportni taşlab, piyoda qoçişga uringan.

Huquqbuzar xodimlar tomonidan uşlanib, öta mast holatda bölgani gumon qilinib, tibbiy körikdan ötiş uçun taklif qilganida, fuqaro A.A. içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, faol qarşilik körsata boşlagan.

Şu vaqt oraliğida tibbiy körikka olib boriş uçun transport vositasiga ötkazilgan fuqaro A.A.ning soğliği yomonlaşib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati çaqirtirilgan. Körsatilgan muolajalarga qaramay, fuqaro A.A. vafot etgan», – deyiladi IIV talqinida.