Fanlar Akademiyasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Parkent tumani Yangi Sanganak mahallasida yaşovçi Imomali Boymaqov hovlisida limon uçun issiqxona tayyorlayotganda, tuproqlar orasidan içiga mis tangalar solingan sopol közaga duç kelgan. Fuqaro 2021 yilning 11 mart kuni tangalar haqida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga xabar bergan.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Dilmurod Normurodovga köra, işçi guruh tuzilib, mis tangalar topilgan joyda qazişma işlari davom ettirilgan.

“Tekşirişlardan söng topilmalar bir joyga jamlandi va mis tangalar sanaldi. Tangalar 1810 dona ekani aniq böldi. Zang bosib, kökimtir tusga kirib qolgan, diametri 34–36 mm bölgan tangalardan biri tozalandi. Uning har ikkala tomoniga ham qavariq şaklida arab yozuvida bitilgan matn va bezaklar tuşirilgan”, – deydi muzey ilmiy xodimi.

Tanganing old tomoni: qavariq şakldagi 2 qatorli törtta törtburçakning bir-biriga tutaşişi natijasida hosil bölgan kvadratli hoşiya-bezak içiga arab harflaridagi zarb Samarqand (ضرب سمرقند – Samarqandda zarb qilingan) sözi tuşirilgan.
Tanganing orqa tomoni: qavariq halqa içidagi arab harflari ustidan qayta zarb urilgan.
Dilmurod Normurodov xuddi şunday tangalar Samarqandni 1495–1497 yillarda boşqargan temuriy şahzoda Boysunğir Mirzo hukmronligi davrida Samarqand zarbxonasida zarb qilingani isbotlanganini bildirdi.
Normurodovning izohlaşiça, örganilgan tangalarda hukmdor nomi yozilmagani davrdagi tez-tez hokimiyat almaşinuvlari bilan boğliq.
Şuningdek, tangalarning bir qismi XV asrning oxiri – XVI asrlarda Buxoro va Toşkentda zarb qilingani ham aniqlangan. Ularni kim kömgani haqida heç nima ma’lum emas.
Tangalarning 330 donasi Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyida taşkil qilingan “Yangi Sanganak” xazinasi nomli körgazmaga qöyilgan.












