Unda Parkent tumanida joylaşgan "Oltin bel" çöqqisidagi uç gektar toğ yonbağrida joylaşgan dam oliş maskani hududida umumiy siğimi 188 örinli ikkita zamonaviy mehmonxona, kapsula tipidagi ixçam uylar, restoran va xöjalik binolari bunyod etilgani ta’kidlangan.

"Hududda turizm sohasini rivojlantiriş uçun 1,8 milliard dollarlik 52 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Natijada 3300 ta yangi iş örni yaratiladi va sayyohlik maskanlari yiliga 1 milliongaça kişiga xizmat körsatişi mumkin böladi. Parkentning qorli toğlari yana bir yirik loyiha – Avstriya kompaniyasi iştirokida 1200 gektar maydonda toğ-çanği kurorti quriş imkoniyatini oçadi",– deb ma’lum qilingan maqolada.

Naşrda uşbu loyiha doirasida uç, tört va beş yulduzli mehmonxonalar, toğ-çanği yölaklari, restoranlar va soğlomlaştiriş majmualari qurilişi nazarda tutilgani qayd etilgan.

Loyiha uç bosqiçda amalga oşiriladi va yakunlangaç, kuniga 15 minggaça sayyohni qabul qila oladi. 600 ga yaqin servis obekti taşkil etiladi. Mavsumiy xizmatlarni hisobga olgan holda, yangi iş örinlarining umumiy soni 10 mingtagaça yetadi.

"Uşbu kurort Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Amirsoy majmuasi bilan bir qatorda eng yirik sayyohlik markazlaridan biriga aylanişi kutilmoqda"– deb yozgan muallif.