Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya konserni Ukrainaga tanklar yetkazib berishga tayyorligini bildirdi
Tanklar Ukrainaga jo‘natilishi uchun Germaniya hukumatining roziligi talab qilinadi.
Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Ukrainaga ilgari foydalanilgan Leopard 1 tanklarini yetkazib berishga tayyor. Bu haqda konsern boshqaruvi raisi Armin Papperger ma’lum qildi.
"Dastlabki Leopard 1 olti hafta ichida yetkazib berilishi mumkin", - dedi u.
Tanklar Ukrainaga jo‘natilishi uchun Germaniya hukumatining roziligi talab qilinadi.
Pappergerning so‘zlariga ko‘ra, Rheinmetall Ukrainaga boshqa mamlakatlar armiyalarining eski zaxiralaridan 50tagacha Leopard 1 tanklarini yetkazib berishi mumkin. Hozirda tanklarning texnik holati baholanmoqda.
Konsern rahbarining aytishicha, ukrain harbiylari ushbu texnikadan foydalanishni bir necha kun ichida o‘rganib olishi mumkin.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026