Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxiriga borib harorat yanada ko‘tariladi - «O‘zgidromet»
Bugun respublika hududining katta qismida havo bulutli, quruq va iliq bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang kuzatiladi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kun o‘rtasiga borib 24-29 daraja issiqni tashkil etadi.
Toshkent viloyatida kechasi va ertaga ertalab tog‘oldi va tog‘li hududlarda kun birinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Mamlakat qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 14-19 daraja iliqni, kunduzi 24-29 daraja issiqni tashkil etadi.
13-15 aprelda O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxiriga borib harorat me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqori bo‘ladi va kechalari 14-19 daraja iliq, kunduz kunlari 30-35 daraja issiq atrofida bo‘ladi.