O‘zbekiston | 07:42 / 12.04.2022
4406
2 daqiqa o‘qiladi

Bank tashkil etishda chet el banklariga qo‘yiladigan talablar yengillashtiriladi

Foto: Shutterstock

Markaziy bank boshqaruvining “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida quyidagi o‘zgarishlar nazarda tutilgan:

  • aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan ayrim hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishni bekor qilish;
  • bank filiallari va bank xizmatlari ofislarini ochish va yopish tartibini xabardor qilish tartib-taomillariga o‘tkazish;
  • bank tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etishda chet el banklariga qo‘yilgan talablarni yengillashtirish;
  • bank rahbar xodimlarini baholash mezonlarini takomillashtirish.

Qaror loyihasi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasida ortiqcha hujjatbozlikdan voz kechishni, O‘zbekistonda bank ochishda yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etishda chet el banklarining kapitaliga qo‘yilgan talablarni yengillashtirishni, banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida bankning ayrim rahbar lavozimlariga belgilangan talablarni takomillashtirishni ko‘zda tutmoqda.

Shu bilan birga, qaror loyihasi bilan ayrim normalardagi noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida tahririy o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid