Röyxatga oliş va ruxsat beriş yönalişida 28 ta masala, şu jumladan, kredit taşkilotlari ustaviga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş (5 ta), yangi oçilayotgan mikromoliya taşkilotlarini hisob röyxatidan ötkaziş (2 ta), kredit taşkilotlarining ustav fondidagi uluşiga egalik qiliş uçun ruxsat beriş (3 ta), banklarda audit ötkaziş huquqini beriş uçun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etiş (3 ta), mikromoliya banki faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya beriş (1 ta), şuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengaşi va boşqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini körib çiqiş (14 ta) bilan boğliq masalalar körildi.
Şu bilan birga, kredit taşkilotlarining moliyaviy holatiga oid 15 ta masala – Markaziy bankning körsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilişi, tijorat banklari va mikromoliya taşkilotlarida ötkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molçilarining huquqlarini himoya qiliş, şuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşişga qaratilgan masalalar ham muhokama qilindi.
Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, öz faoliyatini qonunçilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlaştirmaganligi hamda inspeksiya tekşiruvlari davomida aniqlangan kamçiliklar uçun 7 ta bank va 13 ta tölov taşkiloti çora va sanksiyalar qöllanişi töğrisida ogohlantirildi.
Şuningdek, Markaziy bank tomonidan ötkazilgan inspeksiya tekşiruvlari davomida va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş qoidalariga rioya qilinişida aniqlangan qoidabuzarliklar, şuningdek, bank xizmatlari iste’molçilari bilan özaro munosabatlarni amalga oşiriş yönalişida qonunçilik talablariga rioya qilinmaganligi uçun 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qöllandi.

















