Prezident qarori bilan, Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasi aktivlari tarkibi yangilandi.

Unga köra, jamğarmaning ustav kapitalidagi davlat uluşini kamaytiriş hisobiga:

  • «Uzbekistan Airports» AJ, «Biznesni rivojlantiriş banki» ATB va «Mikrokreditbank» ATBning aksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga;
  • «Özbekiston poçtasi» AJning aksiyalari Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkaziladi.

Şuningdek, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasiga tegişli «Özsanoatqurilişbank» ATBning 30 foiz uluşi jamğarmaga ötkaziladi.

Bundan taşqari, jamğarma portfelida:

  • «Özbekgidroenergo» AJ aksiyalari 20 foizdan 40 foizga;
  • «Temiryölinfratuzilma» AJ aksiyalari 25 foizdan 40 foizga;
  • «Özbekinvest» AJ aksiyalari 20 foizdan 30 foizga yetkaziladi.

Eslatib ötamiz, Milliy investitsiya jamğarmasi 2024 yilda taşkil etilgan bölib, uning ustav kapitali 18 ta davlat korxonasidagi 25 foizdan 40 foizgaça bölgan uluşlardan taşkil topgan va bu aktivlarning jami qiymati 1,68 mlrd dollarga baholangan edi. Jamğarma 2025 yil fevralida Franklin Templeton (AQŞ) boşqaruviga berilgan.