The Guardian: Rossiya Eron kontrabanda tarmoqlari orqali Iroqdan qurol oldi
Rossiya Ukrainadagi urushda foydalanish uchun Eron kontrabandachilari orqali Iroqdan qurol va o‘q-dori qabul qilgan. Britaniyaning The Guardian nashri bu haqda Iroqdagi Xalq safarbarlik kuchlaridagi va hududiy razvedka xizmatlaridagi manbalaridan ma’lumot olgan.
Ushbu jo‘natmani amalga oshirishda yordam ko‘rsatgan manbaning gazetaga ma’lum qilishicha, Eron Rossiyaga Eronda ishlab chiqarilgan Bavar 373 zenit-raketa majmualarini jo‘natgan, shuningdek rossiyaliklardan sotib olingan ZRK S-300 majmualari qaytarilgan.
26 mart kuni Xalq safarbarlik kuchlari bo‘linmalaridan biri granatomyotlar va tankka qarshi raketa tizimlarini Iroqdan Eronga jo‘natgan. Chegara orqali tashishga mas’ul bo‘lgan bo‘linma qo‘mondonining ma’lum qilishicha, eronlik harbiylar bu yukni dengiz orqali Rossiyaga jo‘natgan. 1 aprel kuni Xalq safarbarlik kuchlari Eronga Braziliyada ishlab chiqarilgan Astros II baravar o‘t ochish tizimlarini jo‘natgan.
The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, shu kunlarda harbiy yuklarni tashishga qodir bo‘lgan uchta kema Eronning Bandar-Enzeli shahri portidan chiqib, Kaspiy dengizi orqali Rossiyaning Astraxan shahriga borgan. Kemalarning biri Eron bayrog‘i ostida, ikkitasi Rossiya bayrog‘i ostida suzgan.
- G‘arbning Ukrainaga bosqin tufayli joriy etilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalari harbiy maqsadlarda foydalanilishi mumkin bo‘lgan ikki maqsadli mahsulotlarni yetkazib berishni ham taqiqlaydi.
- 4 aprel kuni Ukraina mudofaa vazirligi Rossiya tomoni sanksiyalarga uchragan mahsulotlar, jumladan harbiy maqsadlarda ishlatiladigan kontrabanda tovarlarni tashish uchun Gruziya hududidan foydalanayotganini ma’lum qilgandi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, gruzin maxsus xizmatlari kontrabandachilarga to‘sqinlik qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Gruziya hukumati buni rad etgan.
- Mart oyida G‘arb razvedka xizmatlari Rossiya hukumati Xitoydan Ukrainadagi harbiy harakatlarni qo‘llash uchun harbiy texnika yetkazib berishni so‘ragani haqida xabar bergandi. Oq uy XXR hukumatini urushda Rossiyani qo‘llash oqibatlaridan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
21:09 / 05.11.2024
Saylovdan keyin Amerika Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartiradimi?
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
15:30 / 05.11.2024
Zelenskiy: Oktyabrda Ukrainaga 2 mingdan ortiq dron hujum qildi
14:50 / 05.11.2024