«Ajratiladigan pullarning hammasi xalqniki» - Prezident byurokratiya va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlar kechirilmasligini aytdi
Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunida ajratilayotgan mablag‘larni kerakli loyihalarga yo‘naltirish zarurligi haqida gapirib o‘tdi.
«Yig‘ilish ishtirokchilarining e’tiborini yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman.
Bugungi selektor doirasida tadbirkorlik uchun juda katta kredit mablag‘lar — qo‘shimcha 500 million dollar ajratilmoqda.
Nima uchun? Chunki, qanchalik qiyin bo‘lmasin, hozirgi murakkab vaziyatda xalqimiz farovonligini, davlatimizning barqaror rivojlanishini o‘ylashimiz shart.
Ajratiladigan har bir dollar, har bir so‘m budjetdanmi, bankdanmi — bu hammasi xalqning puli. Mablag‘lar faqat va faqat o‘zini oqlaydigan, odamlarning daromadini oshiradigan va ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirilishi kerak.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari, iqtisodiy va investitsiya komplekslari tarkibiga kiruvchi idoralar, ayniqsa soliq, bank, infratuzilmaga javob beradigan idora rahbarlarini qat’iy ogohlantirmoqchiman. Ushbu rahbarlar tadbirkorning har bir loyihasini amalga oshirishga shaxsan mas’ul va javobgar bo‘ladi. Byurokratiya va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlar kechirilmaydi, aybdorlar so‘zsiz javobgarlikka tortiladi», deydi prezident.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolaydi
O‘zbekiston | 14:44
-
Bayden Trampning bir qator taniqli raqiblarini afv etdi
Jahon | 14:30
-
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20
Mavzuga oid
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
15:58 / 16.12.2024
Iqtisodiy kompleksda 300 ga yaqin rahbar ishdan olindi - prezident
16:08 / 14.12.2024
“Bog‘cha to‘lovi qisman qoplanadi, uyda qarash xizmati yo‘lga qo‘yiladi” – videoselektordan va’dalar qanday?
12:00 / 11.12.2024