Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambağallikni qisqartiriş böyiça qilingan işlar sarhisobi va 2025 yil uçun ustuvor vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi boşlandi.
Bank xizmatlarining mahalla darajasigaça tuşirilgani yaxşi natija berayotgani qayd etildi. Ayniqsa, Sayxunobod, Uyçi, Zarbdor va Ğijduvonda tadbirkorlik muhiti tubdan özgardi, odamlar daromadi oşdi, ertangi kunga işonç paydo böldi.
Xususan, Uyçi tumanida banklar 3 ming 200 ta faol mijoz bilan işlab, muammolarni hal qilib bergani uçun 9 ming odam doimiy işli böldi. Kambağallar soni 6 mingga kamaydi.
Sayxunoboddagi 3 ming 200 ta xonadonda loyihalar işga tuşirildi, 12 ming odam öz tomorqasida daromad topişni örgandi. Zarbdorda 13,5 ming, Ğijduvonda 28 ming iş örni yaratildi. Buning hisobiga qöşimça 10,5 ming aholi kambağallikdan çiqarildi.
Umuman, yil boşidan uşbu 4 ta tajriba doirasida 3 million 300 ming aholi doimiy daromadga ega böldi. Muhimi, xonadonlarning oylik daromadi 7,5 million sömdan 10,5 million sömga oşdi.
Bundan taşqari, Xöjayli, Asaka, Vobkent, Bulunğur, Yangiyer, Qöştepa, Şovot kabi 57 ta tumanda hokimlar, banklar, hokim yordamçilari birgalikda işlagani uçun işsizlik 5 foizdan pasaydi.

Yiğilişda ayrim rahbarlar «bu vaqtinça, bir-ikki yilda ötib ketadi» degan kayfiyatda yurganiga alohida töxtalib ötildi.
Bu borada sustkaşlik va mas’uliyatsizlikka yöl qöygan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar işdan olindi. Ular örniga zamonaviy fikrlaydigan, yangi tajriba yaratib, odamlarimizni rozi qilaman degan taşabbuskor yoşlar işga olindi.
«Qat’iy ogohlantiraman – mahallaga tuşib, odamlarimiz va tadbirkorlar muammosini hal qilmagan rahbar işlamaydi. Hamma özgarişi kerak.
Körib turibsizlar, har daqiqa dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat qiyinlaşib, yangi-yangi tahdidlar paydo bölyapti. Ularga bugun javob topmasak, keyin keç böladi», - dedi davlat rahbari.

Bugungi yiğilişga tayyorgarlik doirasida 2025 yilda 5 milliondan ziyod aholini daromadli qiliş, 1,5 million odamni kambağallikdan çiqariş mahallabay hisob-kitob qilingan.
Bu maqsadga erişiş uçun hududlarning iqtisodiy sektor rahbarlari öz ongini özgartirişi, iş tizimi va yondaşuvlarini tubdan qayta körib çiqişi zarurligi körsatib ötildi. Ular hududlarda tadbirkorlar bilan uçraşib, zamon talablariga mos işlaş tartibiga ötişi muhim ekani uqtirildi.
Şu bilan birga, hokim va banklarning ijobiy tajribalarini kengaytiriş, muammolarni hal qiliş böyiça 40 dan ortiq taklif va taşabbuslar tayyorlangan.
«Umuman, 2025 yil bandlikni ta’minlaş va kambağallikdan çiqarişda eng muhim va hal qiluvçi yil böladi», - dedi prezident.












