Xitoy Kommunistik partiyasi Xux-xoto şahrining iqtisodiy va texnologik rivojlaniş zonasi işçi qömitasi sobiq kotibi Li Jianpin Xitoy Oliy xalq sudi tomonidan tasdiqlangan hukmga köra qatl etildi. Bu haqda CCTV xabar berdi.
Ölim jazosi Sin’an okrugi sudi tomonidan amalga oşirildi. Li Jianpin korrupsiya, pora oliş, davlat mablağlarini özlaştiriş va jinoiy faoliyatga kömaklaşişda aybdor deb topilgan edi.
2022 yil sentabrida Sin’an okrugi sudi uni ölimga, barça mol-mulkini musodara qilişga va umrbod siyosiy huquqlardan mahrum qilişga hukm etdi. 2024 yil avgust oyida Içki Möğuliston Oliy sudi dastlabki hukmni öz kuçida qoldirib, Jianpinning apellyatsiyasini rad etdi.
Tergov xulosalariga köra, Li Jianpin öz mansab mavqeidan foydalanib, 14,37 milliard yuandan (qariyb 2 mlrd AQŞ dollari) ortiq davlat mablağlarini özlaştirgan. Bundan taşqari, 5,77 milliard yuandan (800 mln dollar) ortiq pora olgan, şuningdek, 10,55 milliard yuanlik (1,5 mlrd dollar) budjet mablağlarini noqonuniy işlatgan.
Xitoy Oliy xalq sudi Li Jianpin jinoyatlarining davlat va jamiyat uçun ayniqsa oğir oqibatlarini hisobga olib, ölim jazosini tasdiqladi.
Noyabr oyi oxirida Xitoy sudi sobiq partiya kotibi va Bank of China direktorlar kengaşi raisi Lyu Lyangeni korrupsiya va noqonuniy kreditlar berişda ayblab, ölim jazosiga hukm qilgan edi.









