Özbekistonda endi kambağal oilalarning farzandlari uçun boğça pullari qisman qoplanadi, uyda yotib qolgan insonlarga qaraş uçun xizmat joriy qilinadi. Buning xarajatlarini davlat böyniga oladi.
Özbekistonda kambağal oilalarning farzandlariga endi alohida e’tibor qaratiladi. Bunday oila farzandlari ta’lim olişi va kasb örganişi uçun imkoniyatlar kengaytirilişi va’da qilinmoqda. Bu xususida Prezident 13 dekabr kuni ötkazgan videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi. Mirziyoyev va selektorda yiğilganlar ijtimoiy himoya siyosatini muhokamadan ötkazdi, 2025 yil uçun rejalarni körib çiqdi.
Boğça tölovi qisman qoplanadi
Özbekiston ijtimoiy davlat ekani konstitutsiyada belgilangan. Demak, bunday mamlakatda xalq va uning yaxşi yaşaşiga mablağ ajratiş birinçi örinda turişi kerak. Prezident nutqida kelişiça, barça hududlarda «Inson» markazlari oçilib, 102 ta ijtimoiy xizmatlar mahallalarda yölga qöyilgan. Uyma-uy yurgan xodimlar 95 ming muhtoj oilalarga yordam körsatdi, 51 ming odamga nogironlik belgiladi, 26 ming nafar odamlar esa protezlarga ega böldi. Yotib qolgan 4 ming nafar keksalar aniqlanib, ularga yordam berildi, nogironligi bölgan 5 ming nafar bolalar esa boğça, maktabga joylandi, deydi Prezident öz gapini davom ettirarkan. Şuningdek, endi kambağal oilalarning farzandlari uçun boğça tölovi qisman tölab ham beriladi.
Uyida yotib qolganlarga qarov xizmati joriy qilinadi
Bugun özi harakatlana olmaydigan, yotib qolgan, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli oğir yurtdoşlarimiz soni ham ançagina. Prezidentning ma’lum qilişiça, xuddi şunday 23 ming nafar odamlarga ota-onasi, turmuş örtoği yoki bolalari qarab ötiribdi. 2025 yil yanvaridan ularning 19 mingiga uyida, qolgan 4 mingiga esa kunduzgi qatnov asosida qaraş xizmati yölga qöyiladi. Natijada bu işlarga band bölgan 15 ming kişining qöli böşab, işlaşga imkon topadi.
Yagona “ijtimoiy karta” joriy qilinadi
Kambağal oiladagi 460 ming odam tibbiy yordamga, 6 mingta oila esa uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj. Şu bois kelasi yili muhtoj odamlarning jarrohlik amaliyoti uçun Tibbiy suğurta jamğarmasiga qöşimça 185 milliard söm ajratiladi. “Ijtimoiy daftarlar” mablaği esa kambağal oilalarning yaşaş şaroitini yaxşilaş va daromadini oşirişga sarflanadi.
Hozirgi kunda fuqarolar ijtimoiy xizmat va yordam oliş uçun 10 dan ortiq hujjatni olib yurişga majbur. Endi bularning örnini bosadigan bitta – “ijtimoiy karta” joriy etiladi. U bilan jamoat transportida bepul yuriş, elektr, gaz va öqiş xarajatiga kompensatsiya oliş mumkin böladi. Nafaqa va yordam pullari ham şu kartaga tuşadi, deydi Prezident nutqini davom ettirarkan. Şuningdek, Mirziyoyev Ijtimoiy himoya milliy agentligini «insof agentligi» deb ham atadi.















